Qo’rg’on Chiroq

12.04.19 - 01.06.19

“Qo‘rg‘on сhiroq” ko‘rgazmasi loyihasi rassom Saodat Ismoilovaning 2015 – 2019-yillarda yaratilgan video obyektlarini bitta ekspozitsiyada birlashtirdi.

Qo’rg’on Chiroq

Saodat Ismoilova, rassom: “Ko‘rgazmamning o‘zbek tilidagi nomi
“Qo‘rg‘on сhiroq” deb ataladi. Qo‘rg‘on – bu, ko‘pincha, qadimiylik
va ajdodlarimiz sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan so‘z. “Chiroq” yorug‘lik ma’nosini beradi, lekin ayni paytda bu zardushtiylikdan bizga kelgan marosimning nomi.

“Chiroq” marosimini o‘tkazib, biz ota-bobolarimiz, xalqimizning jamoaviy xotirasida yashaydigan ota-bobolarimiz va buvi-momolarimiz bilan aloqani anglatuvchi sham va chiroqlarni yoqamiz. Va, bu yorug‘lik tasviri aloqa sifatida menga juda yaqin, chunki bir tomondan men jamoaviy xotira mavzusi bilan ishlayman, boshqa tomondan men video rassomman va mening san’atim bir xil nurga asoslangan.

“Qo‘rg‘on chiroq” ko‘rgazmasi ustida Saodat Ismoilova Andrea Lissoni, Londondagi “Teyt Modern” galereyasining katta kuratori va arxitektorlar, Milandagi “Grace” me’morlik byurosi asoschilari Yekaterina Golovatyuk va Jakomo Kantoni bilan hamkorlikda ishlagan.